Янгиликлар
14-12-2020, 14:40 «Yangiariqdan keldim, u yo‘l yo‘l emas» - Mirziyoyev Xorazm yo‘llarini yaxshilash bo‘yicha topshiriq berdi 14-12-2020, 12:50 Xorazm viloyatini mahallalar kesimida rivojlantirish choralari muhokama qilinmoqda 7-12-2020, 14:56 Davlatimiz rahbari Toshkent metallurgiya zavodidagi texnologik jarayon bilan tanishdi 7-12-2020, 08:59 O'zbekiston Respublikasining qonunlari va kodekslari 7-12-2020, 08:40 O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari 4-12-2020, 16:27 Mamlakatimizda uchuvchisiz uchish apparati (dron)dan noqonuniy foydalangan shaxslar tegishli tartibda javobgarlikka tortiladi 4-12-2020, 16:26 O‘zbekiston Prezidenti Afg‘oniston Milliy yarashuv oliy kengashi Raisini qabul qildi 4-12-2020, 16:25 O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga 4-12-2020, 16:07 Investitsiya loyihalarining bajarilishi tanqidiy muhokama qilindi 4-12-2020, 16:06 O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlarining telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi

Xorazm viloyatini mahallalar kesimida rivojlantirish choralari muhokama qilinmoqda

Urganch shahrida Xorazm viloyati faollari va tarmoqlar mutasaddilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.Prezident Shavkat Mirziyoyev yig‘ilish avvalida xorazmlik dehqon va fermerlarni, butun mehnatkash xalqimizni bugungi Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni bilan yana bir bor tabrikladi.
- Xorazmga bu yil ikkinchi marta kelyapmiz. Maqsad - sizlarning ko‘zlaringizga qarab, viloyatdagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, yana nima imkoniyatlar bor, qanday tartib, qanday ko‘mak kerak, nima natija bo‘ladi, degan savollarni qo‘yib muloqot qilish. Balandparvoz gaplar bilan iqtisodiyotni yuritib bo‘lmaydi. Muammoni bilsak, qaror to‘g‘ri, adolatli bo‘ladi, - dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari «mahalla raisi - islohotchi» tamoyili asosida ijtimoiy muammolarni hal qilish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishini ta’kidladi.
- Prezident bir yilda bir kelib, ko‘rib ketgani bilan natija bo‘lib qolmaydi. Har bir hokim, iqtisodiy kompleks rahbarlari hududdagi muammolar bo‘yicha tizimli ishlashi kerak. Chetdan kelib birov qilib bermaydi. Mana, kecha Xorazmdagi shahar va tuman hokimlari bilan gaplashdim. Qancha mablag‘ so‘rasa, berdim. Pulimiz ko‘pligi uchun emas, masala qo‘ya olgani uchun. Odamlar ham befarq bo‘lmasligi kerak. Mahalliy kengashlar, mahallalar talab qilishi lozim, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yig‘ilishda viloyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar tanqidiy ko‘rib chiqildi. Qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish va xizmatlarni rivojlantirish, ish o‘rinlari yaratish, kam ta’minlanganlarni kambag‘allikdan chiqarish, mahallalardagi ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Yig‘ilish davom etmoqda.

menu
menu