Янгиликлар
14-12-2020, 14:40 «Yangiariqdan keldim, u yo‘l yo‘l emas» - Mirziyoyev Xorazm yo‘llarini yaxshilash bo‘yicha topshiriq berdi 14-12-2020, 12:50 Xorazm viloyatini mahallalar kesimida rivojlantirish choralari muhokama qilinmoqda 7-12-2020, 14:56 Davlatimiz rahbari Toshkent metallurgiya zavodidagi texnologik jarayon bilan tanishdi 7-12-2020, 08:59 O'zbekiston Respublikasining qonunlari va kodekslari 7-12-2020, 08:40 O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari 4-12-2020, 16:27 Mamlakatimizda uchuvchisiz uchish apparati (dron)dan noqonuniy foydalangan shaxslar tegishli tartibda javobgarlikka tortiladi 4-12-2020, 16:26 O‘zbekiston Prezidenti Afg‘oniston Milliy yarashuv oliy kengashi Raisini qabul qildi 4-12-2020, 16:25 O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga 4-12-2020, 16:07 Investitsiya loyihalarining bajarilishi tanqidiy muhokama qilindi 4-12-2020, 16:06 O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlarining telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Prezidenti Afg‘oniston Milliy yarashuv oliy kengashi Raisini qabul qildi


11-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Afg‘oniston Islom Respublikasi Milliy yarashuv oliy kengashi Raisi Abdulla Abdullani qabul qildi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik hamda Afg‘onistondagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal etishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Davlatimiz rahbari keyingi yillarda O‘zbekiston-Afg‘oniston munosabatlarini rivojlantirishda erishilgan sur’atni katta mamnuniyat bilan ta’kidladi. Amaliy hamkorlikni kengaytirish, savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, transport va logistika, energetika, ta’lim va boshqa muhim yo‘nalishlarda ustuvor loyihalarni ilgari surish borasidagi sa’y-harakatlar alohida qayd etildi.
O‘zbekiston Afg‘onistonda mintaqaviy ahamiyatdagi infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyor ekani ta’kidlandi.
Abdulla Abdulla samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekistonning afg‘onlararo tinchlik muzokaralarini boshlashga hamda xalqaro hamjamiyatning Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha faoliyatini birlashtirishga xizmat qilgan sa’y-harakatlarini yuksak baholadi.

Mehmon O‘zbekiston tomonidan ko‘rsatilayotgan doimiy ko‘mak uchun minnatdorlik bildirdi hamda mamlakatimizning Afg‘onistonni mintaqaviy savdo-iqtisodiy jarayonlarga jalb etishga qo‘shayotgan hissasini alohida qayd etdi.
Muzokaralar chog‘ida mintaqaviy va xalqaro siyosatning tomonlarni qiziqtirgan masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.






menu
menu